Yangiliklar
28.05.2024

“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda o’tkazilgan o’rganishda gaz quvurlari va taqsimlash qurilmalarining texnik holati, ularni ishlatishda xavfsizligini taʼminlash hamda belgilangan meʼyorlarda amalga oshirilgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

27.05.2024

Unga koʻra, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 soʻm qilib belgilanmoqda.

27.05.2024

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor T. I. o‘ziga qarashli ishlab chiqarish sexining 2 dona alyumin eritish qozonlarini to‘gridan-to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulab, qoidalarga zid ravishda tabiiy gazdan foydalanganligi aniqlandi.

27.05.2024

“Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan “A.M.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan texnologik jarayonlarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

27.05.2024

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona va Andijon viloyatlari boshqarmalari xodimlari uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv-seminarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ichki lokal hujjatlar qabul qilinganligi maʼlum qilindi. 

27.05.2024

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida iste’molchilar, ayniqsa ehtiyojmand oilalar va oilaviy korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

25.05.2024

“Oʻzenergoinspeksiya” Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Navoiy shahrida joylashgan “N.Z.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan texnologik jarayonlarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

24.05.2024

“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro H.M. ga qarashli nonvoyxona hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda gaz tarmog‘iga ulanib olganligi aniqlandi.

24.05.2024

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

24.05.2024

“O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda energetika obyektlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra elektr qurilmalarining texnik holati, ularni ishlatishda xavfsizligini taʼminlash hamda belgilangan meʼyorlarda amalga oshirilgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

23.05.2024

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan "N.I.N." MChJga qarashli non mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda gaz tarmog‘iga ulanib olganligi aniqlandi.

23.05.2024

“O‘zenergoinspeksiya” respublika ishchi guruhi tomonidan elektr uskunalarining tuzilish qoidalariga rioya qilish va ekspluatatsiya ishlari talablari bo‘yicha Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun