Yangiliklar
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda
24.05.2024 1

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Jomboy tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “Y.b.” fermer xo‘jaligi 2 dona suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 229,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari ma’lum bo’ldi. 
 
Bu kabi holat Andijon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro U.D. “Shodlik” MFY hududidagi go‘sht do‘konini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 118 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 
 
Shuningdek, Xonqa tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “T.H.” MCHJ tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 114,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun