Yangiliklar
Surxondaryo viloyatida energiya samaradorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi
07.09.2024 1

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi yirik isteʼmolchi hisoblangan Termiz shahridagi “Surxon Termiz Chinni”, Termiz tumanidagi “Global Frozen Foods” va Sherobod nasos stansiyalari faoliyatida hamda aholi xonadonlarida energiya resurslarini iqtisod qilish imkoniyatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishda, ushbu korxonalarda ortiqcha isteʼmolga sabab bo‘layotgan omillar, yaʼni isteʼmolga mos ravishda quyosh panellari o‘rnatilmaganligi, balansida mavjud transformator va tarmoqlarning taʼmirlanmaganligi va tejamkor bo‘lmagan gaz uskunasidan foydalanib kelayotganligi aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, yirik isteʼmolchilar tomonidan resurslarni talon-toroj qilishning huquqiy oqibatlari va aksincha ulardan oqilona foydalanishning afzalliklari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

O‘rganish yakunida yirik isteʼmolchilar va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda energiya resurslarni iqtisod qilish, energiya tejamkorligini taʼminlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinib, sohada qonuniylikni taʼminlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun