Yangiliklar
Energetika obyektlarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
16.09.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarini belgilangan meʼyorlarda olib borilishi yuzasidan o‘rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlanmoqda.

Xususan, Bog‘ot tumanidagi 1022, 1114, 1118, 1215 va 1229-sonli transformator punktlari saqlagichlari va RLND-10 kV bo‘yicha yangisiga almashtirilmaganligi, kabellari betartib montaj qilinganligi, 0,4 kV havo liniyasida ishlar to‘liq yakunlanmaganligi aniqlandi. 

Shuningdek, tayanchlar sho‘rlanishga qarshi gidroizolyatsiya qilinmaganligi hamda ayrim transformator punktining balandligi talab darajasida emaslik holatlari ma’lum bo‘ldi.  

Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun