Markaziy apparat
region
Jurayev Farruh Dadajonovich
Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:

– tegishli davrlar uchun prognoz parametrlarni bajarilishining borishi to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtirish, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida nazorat tadbirlarini amalga oshirishda tegishli maʼlumotlarni yig‘ish, monitoring va tahlil qilish;

– yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish va isloh qilishning muhim masalalari bo‘yicha inspeksiya foaliyatiga oid masalalarni Vazir huzurida ko‘rib chiqiladigan materiallarni tayyorlashda ishtirok etish;

– Faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

– yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalarida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tahlil qilish tezkorligini oshirish, tahliliy materiallar va hisobotlarni tayyorlash, prognoz parametrlarni bajarish, qog‘ozli hujjat aylanishini qisqartirishga yo‘naltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni tashkillashtirish;

– yoqilg‘i-energetika tarmog‘i va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarni tahlil qilishda ishtirok etish;

– yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha statistika maʼlumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun hujjatlar shakli va maketini ishlab chiqish.

– yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasida monitoring yuritish bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni jamlash va tahlil qilishdan iborat.

1988-yil 4-aprelda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan.

2009-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini (bakalavr) tamomlagan.

2015-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini (magistr) tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

2005-2009 yy. - Toshkent Davlat texnika universiteti talabasi (bakalavr)

2009-2010 yy. - Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish texnika xizmati texnigi

2010-2012 yy. - Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish texnika xizmati muhandisi

2012-2013 yy. - Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish texnika xizmati yetakchi muhandisi

2013-2015 yy. - Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish texnika xizmati yetakchi muhandisi 0,5 stavka

2013-2015 yy. - Toshkent Davlat texnika universiteti talabasi (magistr)

2015-2016 yy. - Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish texnika xizmati yetakchi muhandisi 1 stavka

2016-2017 yy. - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Toshkent hududiy bo‘limi muhandisi  

2017-2018 yy. - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Toshkent hududiy bo‘limi 1-toifali muhandisi

2018-2018 yy  - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Toshkent hududiy bo‘limi yetakchi muhandisi

2018-2019 yy  - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Toshkent hududiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2019-2021 yy  -  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining yordamchisi

2021-2023 yy  - “O‘zenergoinspeksiya”ning Ijro intizomini nazorat qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

2023-y.-x/v      - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i

region
Abduraxmonov Ravshan Oblayorovich
Neft-gaz sohasida tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) energetika obyektlarida baxtsiz hodisalar va texnologik buzilishlar (avariyalar) oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va  bajarilishi  nazoratini amalga oshirish;

– yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishida xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini taʼminlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish.

1977-yil 21-fevralda Toshkent viloyati Piskent tumanida tug‘ilgan.

2002-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

1996-1999 yy. - Tovar ishlab chiqaruvchilar va Tadbirkorlar palatasida mutaxassis

2001-2002 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” da EXM operatori.

2002-2007 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” da kimyo nazorat laboratoriyasida 2-toifali mutaxassis.

2007-2010 yy. - “O‘zdavneftgazinspeksiya” ning Toshkent viloyat bo‘limida 2-toifali muhandis-texnolog,
1-toifali muhandis-texnolog, yetakchi mutaxassis.

2011-2017 yy. - “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalar faoliyatini. muvofiqlashtirish boshqarmasi Qashqadaryo mintaqaviy guruhida yetakchi mutaxassis.

2017-2017 yy. - “O‘zneftmahsulot” aksiyanerlik jamiyatiga qarashli «AVTO MAX GROUP» maʼsulyati cheklangan jamiyati direktori.

2017-2019 yy. - “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati “Neft mahsulotlari sifatini nazorati, standartlarga rioya qilish va metrologiya” bo‘limi bosh mutaxassis.

2019-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “O‘zneftgazinspeksiya” Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, neft-gaz obyektlarini montaj qilish va ishlatishda texnologik talablarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi.

2020-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “O‘zneftgazinspeksiya” Normativ hujjatlarni ishlab chiqish va metodologiya bo‘limi boshlig‘i.

2023 y.- h.v.    - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “O‘zenergoinspeksiya”  neft-gaz sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i.

region
Yakubov Botir Shavkatovich
Elektr va issiqlik energiyasi sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini isteʼmol qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– elektr va issiqlik tarmoqlariga noqonuniy ulanish, elektr va issiqlik energiyasini talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

1989-yil 3-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2011-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini (bakalavr) tamomlagan.

2014-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini (magistr) tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

2007-2011 yy.  - Toshkent Davlat texnika Universiteti talabasi  

2011-2013 yy.  - “Qishloqenergoloyiha” aksionerlik jamiyatida 3-toifali muhandis

2012-2014 yy.  - Toshkent Davlat texnika Universiteti magistranti

2013-2014 yy.  -“Qishloqenergoloyiha” aksionerlik jamiyatida 2-toifali muhandis

2014-2016 yy.  - “Qishloqenergoloyiha” aksionerlik jamiyatida 1-toifali muhandis

2016-2017 yy.  -  “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining  Toshkent shahar bo‘limi inspektori.

2017-2018 yy.  - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Energiya va ko‘mir isteʼmoli nazorati bo‘limi yetakchi muhandisi 

2018-2019 yy.   “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Energiya va ko‘mir isteʼmoli nazorati bo‘limi yetakchi mutaxassis

2019-2023 yy   - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmol qilinishi va ko‘mirdan  foydalanishni nazorat qilish boshqarmasining bosh mutaxassisi 

2023-2023 yy    - Elektr va issiqlik energiyasi sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

2023 y. - h-v     - Elektr va issiqlik energiyasi sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i

region
Sultanov Abrorxo‘ja Asrolxodjayevich
Elektr energiyasi sohasida qurilmalar ekspluatatsiyasini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– elektr energetika va ijtimoiy soha obyektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlashni tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– elektr energetika obyektlari va yuridik isteʼmolchilar obyektlarida (aholidan tashqari) elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash xavfsizligini taʼminlash sohasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va bajarilishi nazoratini amalga oshirish;

– elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini taʼminlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish.

1972-yil 10-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1995-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

1996-1996 yy. - “O‘zenergonazorat” energoinspeksiyasi inspektori

1996-1997 yy. - “ Interkontinental” mehmonxonasi ishlab chiqarish-texnika  bo‘limi uskunalar bo‘yicha operator.

1998-2001 yy. - “Toshkent GESlar kaskadi”  “Burdjar” GES ustasi

2001-2001 yy. - “Toshkent GESlar kaskadi”  “Boz-Suv” GES  smena boshlig‘i

2001-2006 yy. - “O‘zbekenergo” DAK “O‘zelektrtarmoq” UK mustahkamlik va havfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari

2006-2013 yy. - “O‘zbekenergo” DAK “O‘zelektrtarmoq” UK mustahkamlik va havfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i

2013-2014 yy. - “O‘zbekenergo” DAK “O‘zelektrtarmoq” UK  Markaziy magistral elektr tarmoqlari  korxonasi bosh muhandisi

2014-2014 yy. - “O‘zbekenergo” DAK “O‘zelektrtarmoq” UK mustahkamlik va havfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i

2014-2017 yy. - “Synecta Central Asia” MCHJ havfsizlik texnikasi muhandisi

2017-2019 yy. - “O‘zbekenergo” DAK “O‘zelektrtarmoq” UK  bosh muhandisi, bosh direktori.

2019-2023 yy.  -  “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati Mustahkamlik va havfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i

2023-y. -  h.v.  - Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Elektr energiyasi sohasida qurilmalar ekspluatatsiyasini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi

region
Pozilov Abdujabbor Qobilovich
Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va gazni iqtisod qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish jarayonlarini tahlil qilish asosida energetika tashkilotlari bilan birgalikda yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish strategiyasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– energetik tekshiruv va ekspertizalar o‘tkazish dasturlarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash, shuningdek, o‘tkazilgan energetik tekshiruvlar natijalari bo‘yicha hisobotlar hamda energetik pasportlarni tahlil qilish;

–  yoqilg‘i-energiya resurslari yiliga 500 shartli yoqilg‘i tonnasi va 250 tonna va undan ko‘p hajmdagi motor yoqilg‘isi sarflaydigan isteʼmolchilar tomonidan tasdiqlangan meʼyorlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

1973-yil 17-fevralda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.

1998-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

1990-1992 yy. - Farg‘ona tumani “Yangihayot” jamoa xo‘jaligi aʼzosi

1994-1996 yy. - “Farg‘onaviloyatgaz” boshqarmasi loyiha guruhi texnigi

1996-1999 yy. - “O‘zgazloyiha” instituti Farg‘ona ishlab chiqarish bo‘limi texnigi, “Gaz-2” guruhi muhandisi

1999-2002 yy. - “Farg‘onaviloyatgaz” boshqarmasi “Texnik ishlab-chiqarish bo‘limi” muhandisi, 1-toifali muhandisi, bo‘lim boshlig‘i

2002-2003 yy. - “Farg‘onatexgaz” shoʻba boshqarmasi “Texnik ishlab-chiqarish bo‘limi” boshlig‘i

2003-2005 yy. - “Farg‘onagaz” hududiy gaz taʼminoti korxonasi gaz quvurlarini qurish va ulardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi 1-toifali muhandisi

2005-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi - “O‘zdavneftgazinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi yetakchi muhandis-texnologi, yetakchi mutaxassisi

2014-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi - “O‘zdavneftgazinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi bosh mutaxassisi

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi - “O‘zdavneftgazinspeksiya” gazdan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha Markaziy inspektorlik boshqarmasi guruh yetakchi mutaxassisi, guruh boshlig‘i

2019-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi - “O‘zneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi Energotejash texnologiyalarini tatbiq etish guruhi boshlig‘i

2019-2023 yy - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan  foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – “O‘zneftgazinspeksiya” Energiyani tejaydigan texnologiyalar va muqobil yoqilg‘ini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

2023 y. -  h.v  - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va gazni iqtisod qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

region
Karimov Dilshod Raximjanovich
Neft-gaz obyektlarida texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) energetika obyektlarida texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

– qurilishi tugallangan neft va gaz obyektlarini texnologik talablarga rioya etilishi yuzasidan texnik koʻrikdan oʻtkazish va foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etish.

1985-yil 26-iyulda Аndijon viloyati Аndijon shahrida tug‘ilgan.

2007-yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti tamomlagan.

MEHNАT FАOLIYATI:

2003-2007 yy. - Namangan muhandislik pedagogika instituti talabasi

2007-2008 yy. - “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi “Аndijonshahargaz” filiali nazoratchisi, ustasi

2008-2015 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Аndijon viloyati hududiy boʼlimi EHM operatori, 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi

2015-2016 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish boʼlimi yetakchi mutaxassisi

2016-2017 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Gazdan foydalanishni nazorat qilish boʼyicha Markaziy inspektorlik boʼlimi yetakchi mutaxassisi

2017-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Toshkent shahar boʼlimi yetakchi mutaxassisi

2018-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Tahlil, normativlar va ishlarni tashkil etish boʼlimi bosh mutaxassisi

2018-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologiya ishlab chiqish guruhi boshligʼi

2018-2019 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Kadrlar bilan ishlash va maxsus ishlar boʼlimi boshligʼi

2019-2019 yy. -Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi guruhi boshligʼi

2019-2019 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “Oʼzneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi guruhi boshligʼi

2019 y. -    x.v - Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Oʼzenergoinspeksiya” Neft-gaz obyektlarida texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi

region
Inatov Jamshid Muratovich
Ruxsat beruvchi tartibotlar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish boʻlimi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– qurilishi tugallangan elektr energetika obyektlarini texnologik talablarga rioya etilishi yuzasidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish va foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etish hamda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr taʼminoti loyihalarini kelishish bo‘yicha nazoratini olib borish;

– neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash, shuningdek neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini), bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno, sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish bilan bog‘liq tartib-taomillarni amalga oshirish;

– xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarning va potensial xavfli ishlab chiqarishlarning loyihalashtirish, qurish va ekspulatatsiya qilish sohasida inspeksiya vakolati doirasida tegishli xulosalarni o‘rnatilgan tartibda tayyorlash.

1989-yil 30-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2011-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini (bakalavr) tamomlagan.

2013-yilda Toshkent Davlat texnika universitetini (magistr) tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

2007-2013 yy.  - Toshkent Davlat texnika Universiteti talabasi  

2011-2011 yy.  - Toshkent shahar Olmazor tuman elektr tarmog‘ida nazoratchi

2011-2013 yy.  - Nimstansiyalar xizmatining “Keles” nimstansiyasiga 2-darajali elektromontyor, 

2013-2016 yy.  - “Qishloqenergoloyiha” aksionerlik jamiyatida  muhandis

2016-2017 yy.  - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining  Toshkent shahar bo‘limi inspektori.

2017- 2018yy.  - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Energiya va ko‘mir isteʼmoli nazorati bo‘limi yetakchi muhandisi

2018-2019 yy.  - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Energiya va ko‘mir isteʼmoli  nazorati bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2019-2023 yy  -  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmol qilinishi va ko‘mirdan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasining yetakchi mutaxassisi 

2023-2023 yy - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “O‘zenergoinspeksiya” Elektr va issiqlik energiyasi sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

2023 y.- h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Ruxsat beruvchi tartibotlar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish boʻlimi boshligʻi

region
Maxmudov Firuz Maxmudovich
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi manbalarni joriy etishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish jarayonlarini tahlil qilish asosida energetika tashkilotlari bilan birgalikda yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish strategiyasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– energetik tekshiruv va ekspertizalar o‘tkazish dasturlarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash, shuningdek, o‘tkazilgan energetik tekshiruvlar natijalari bo‘yicha hisobotlar hamda energetik pasportlarni tahlil qilish;

– yoqilg‘i-energiya resurslari isteʼmolchilari tomonidan mahsulot (xizmatlar) birligiga sarflanadigan yoqilg‘i-energiya resurslari meʼyorlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi, shuningdek, tasdiqlangan meʼyorlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

– isteʼmolchilar tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi, shuningdek, ushbu chora-tadbirlar bajarilishini monitoring qilish.

1982-yil 17-noyabrda Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug‘ilgan.

2004-yilda Buxoro  oziq  ovqat  va  yengil  sanoat texnologiyalar instituti elektr energiya yo‘nalishini tamomlagan.

2008-yilda Toshkent Davlat  texnika  Universiteti neft va gaz yo‘nalishini tamomlagan.

2012-yilda  Buxoro  yuridik  va  maishiy  xizmat kasb-hunar  kollejining  yurisprudensiya yo‘nalishini tamomlagan.

2020-yilda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti energo audit yo‘nalishini (magistratura) tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

 2004-2005yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi - “O‘zdavneftgazinspeksiya”  Buxoro viloyati hududiy bo‘limi EHM operatori

2005-2008yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi -“O‘zdavneftgazinspeksiya”  Buxoro viloyati hududiy bo‘limi laborant - namuna oluvchi

2008-2010yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi -“O‘zdavneftgazinspeksiya”  Buxoro viloyati hududiy bo‘limi 1-toifali muhandis - kimyogari

2010-2017yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi -“O‘zdavneftgazinspeksiya”  Buxoro viloyati hududiy bo‘limi yetakchi muhandis - kimyogari

2017-2018yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi -“O‘zdavneftgazinspeksiya”  Buxoro viloyati hududiy bo‘lim bosh texnologi vazifani bajaruvchisi

2018-2019yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi -“O‘zdavneftgazinspeksiya”  Buxoro viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i vazifani bajaruvchisi

2019-2019yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi- “O‘zdavneftgazinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i

2019-2019yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi- “O‘zdavneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi guruhi bosh mutaxassisi

2019-2019yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi - “O‘zneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi Energotejash texnologiyalarini tatbiq etish guruhi bosh mutaxassisi

2019-2019yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi – “O‘zneftgazinspeksiya” Energiyani tejaydigan texnologiyalar va muqobil yoqilg‘ini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

2019-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi -“O‘zneftgazinspeksiya” Navoiy viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i

2023-2023 yy - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi- “O‘zenergoinspeksiya” ning Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i

2023y - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi- “O‘zenergoinspeksiya” ning Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi manbalarni joriy etishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

region
Botirov Zarif Majitovich
Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Moliya-iqtisod bo'limining asosiy vazifalari qoʻyidagilardan iborat:

– Inspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larining tushumlari va ulardan foydalanish hisobini yuritish;

– Inspeksiyaning shtat jadvallari va budjet (budjetdan tashqari) xarajatlar smetalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazish;

– buxgalteriya hisobi bo‘yicha aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;

– davriy moliyaviy soliq va boshqa hisobotlarni tuzish hamda tegishli organlarga taqdim etib borish.

– Xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan, shuningdek, xizmat safari bo'yicha to'lovlarni belgilangan tartibda amalga oshirib borish.

1993-yil 21-aprelda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan.

2016-yilda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

2015 – 2016 yy. -Yunusobod tumani 247-sonli maktab hisobchisi.

2016 – 2018 yy. -Toshkent Bank Kolleji xodimlar bilan xisob-kitoblar xisobchisi.

2018 – 2018 yy. - M.Ulugbek tuman XTB markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh xisobchi o‘rinbosari

2018 – 2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi bosh mutaxasisi.

2018 – 2019 yy. - M.Ulugbek tuman XTB markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh xisobchi vazifasini bajaruvchisi.

2019 – 2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi bosh mutaxassisi

2023 – 2024 y.y. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi Moliya bo‘limi boshlig‘i

2024 y - h.v.   - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i

region
Xamidjonov Lazizjon Xamidjonovich
Yuridik taʼminlash bo‘limi boshlig‘i
Qabul:
Chorshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– inspeksiyaning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish sohasida tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

– jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga taʼsir etadigan inspeksiyaning qarorlari yuzasidan xulosalar beradi hamda inspeksiyada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

– qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini inspeksiya tuzilmalariga yetkazadi hamda inspeksiya faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi;

– shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, inspeksiyaning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash choralarini ko‘radi. Shunigdek, boshqarma va bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda inspeksiya  tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi.

1990-yil 8-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

2008-2012 yy. – Toshkent davlat yuridik instituti talabasi

2012-2012 yy. – Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining sud majlisi kotibi

2012-2014 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi ish yurituvchisi

2014-2014 yy. – Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sud majlisi kotibi

2014-2017 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining II-toifali ish yurituvchi kotibi

2017 2017 yy.– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha xizmatining II-toifali ish yurituvchi kotibi

2017 – ­ 2020 yy.– Chilonzor tuman prokuraturasi ish o‘rganuvchi yordamchisi, Chilonzor tuman prokurori katta yordamchisi

2020 – 2022 yy.­– Olmazor tuman prokurori yordamchisi

2022 – 2023 yy.­– Toshkent shahar prokuraturasi iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘lim prokurori, Toshkent shahar prokuraturasi iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘lim katta prokurori

2023– 2023 yy.­ – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tarkibidagi Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘lim prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qurilish sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori

2023 – 2023 yy. - “Hope-process” advokatlik byurosi stajeri

2023 y- x.v        -   O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Yuridik taʼminlash bo‘limi boshlig‘i

region
Yarmatov Orif Elmurod o‘g‘li
Ijro nazorati va murojaatlar bo‘limi boshlig‘i
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyishlari, topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyish va topshiriqlari, Energetika vazirligi qarorlari va topshiriqlari, shuningdek vazirlik va idoralardan kelgan hujjatlar ijrosi nazoratini olib borish;

– inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy bo‘limlarida ijro intizomi, ish yuritish tartibi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ahvolini reja asosida o‘rganib chiqish;

– inspeksiyaga jismoniy va yuridik shaxslardan kiruvchi barcha qog‘oz shaklidagi va elektron ko‘rinishlardagi murojaatlarni elektron hujjat almashinuvi tizimida hamda qayd etish jurnalida ro‘yxatga olish.

– inspeksiyaga tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek murojaatlarning hisobini yuritish va ko‘rib chiqilishini nazorat qilish maqsadida bo‘lim tomonidan amalga oshiriladi.

1992-yil 5-iyunda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tug‘ilgan.

2016-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (bakalavr) tamomlagan.

2019-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (magistratura) tamomlagan.

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (magistratura) tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI:

2017-2020 yy. - “O‘zburg‘uneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “Tarmoqlararo o‘kuv-kursi kombinati” maʼsuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish taʼlim ustasi

2017-2019 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti magistranti

2019-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tinglovchisi

2020-2020 yy. - “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “Tarmoqlararo o‘quv-kursi kombinati” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish taʼlim katta ustasi

2020-2021 yy. – “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “UNG training” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktor o‘rinbosari

2021-2022 yy. - G‘uzor tumani hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

2021-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti

2022-2022 yy. - G‘uzor tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi

2022-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neftʼ mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Yig‘ma-tahliliy boshqarmasi bosh mutaxassisi

2023-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neftʼ mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Neft-gaz obyektlarida texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi

2023 y.  -  h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neftʼ mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Ijro nazorati va murojaatlar bo‘limi boshlig‘i

region
Xolmatov Saidakbar Nurmamatovich
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Qabul:
Chorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Telefon:
Email:

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Inspeksiyada axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks idoraviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, axborotni to‘plash, unga ishlov berish va saqlashni avtomatlashtirish;

axborot tizimlari va resurslarining axborot-texnologik jihatdan o‘zaro birgalikda ishlashini taʼminlovchi infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish;

Inspeksiya markaziy apparatdagi boshqarma, bo‘linmalar va hududiy boshqarmalarda axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va kompleks tizimiy tahlil o‘tkazish;

axborot xavfsizligi siyosatiga, tarmoq resurslarining auditi siyosatiga, monitoring siyosatiga rioya etilishini taʼminlash;

1993-yil 23-iyulda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan.

2018-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universtituti

 

MEHNAT FAOLIYATI

2018-2019 yy. - “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati “O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi “Axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari” funksional filiali Axborot xavfsizligi muhandisi

2019-2020 yy. - “O‘zenergoinspeksiya”ning  Elektron hukumat tizimi, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va jamoatchilik bilan aloqa qilish boshqarmasi kompyuter tizimlari xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha  yetakchi mutaxassisi

2020-2020 yy. - “O‘zenergoinspeksiya”ning  Elektron hukumat tizimi, axborot texnologiyalarini  rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi

2020-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Elektron hukumat tizimi, axborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi axborot xavfsizligi va elektron hukumat tizimini joriy etish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

2023-2024 yy. - Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limida bosh mutaxassis

2024-h/v.         - Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i