Markaziy apparat
region
Norboboyev Navro‘z Berdiqobilovich
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘ining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Qabul:
Seshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Telefon:

“O‘zenergoinspeksiya” Axborot xizmati vazifalari:

- “O‘zenergoinspeksiya” faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish.

- “O‘zenergoinspeksiya” ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;

- axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

- ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

- axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

- mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- “O‘zenergoinspeksiya” faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya” rahbariyatiga axborot berib borish;

- “O‘zenergoinspeksiya” vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;

- “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

region
Karimov Dilshad Raximjanovich
Neft-gaz obyektlarida texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Seshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Email:

Karimov Dilshad Raximjanovich

2019-yil 24-iyundan:

Neft-gaz obyektlarida texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi

Tugʼilgan yili: 26.07.1985

Tugʼilgan joyi: Аndijon viloyati, Аndijon shahri

Tamomlagan: 2007-yil. Namangan muhandislik-pedagogika instituti (kunduzgi)

Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: Kasb taʼlimi. Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Qaysi chet tillarini biladi: rus, ingliz tillari


MEHNАT FАOLIYATI

2003-2007 yy. - Namangan muhandislik pedagogika instituti talabasi

2007-2008 yy. - “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi “Аndijonshahargaz” filiali nazoratchisi, ustasi

2008-2015 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Аndijon viloyati hududiy boʼlimi EHM operatori, 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi

2015-2016 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish boʼlimi yetakchi mutaxassisi

2016-2017 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Gazdan foydalanishni nazorat qilish boʼyicha Markaziy inspektorlik boʼlimi yetakchi mutaxassisi

2017-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Toshkent shahar boʼlimi yetakchi mutaxassisi

2018-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Tahlil, normativlar va ishlarni tashkil etish boʼlimi bosh mutaxassisi

2018-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologiya ishlab chiqish guruhi boshligʼi

2018-2019 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Kadrlar bilan ishlash va maxsus ishlar boʼlimi boshligʼi

2019-2019 yy. -Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzdavneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi guruhi boshligʼi

2019-2019 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “Oʼzneftgazinspeksiya” Markaziy inspektorlik boshqarmasi guruhi boshligʼi

2019 y. -    x.v - Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Oʼzenergoinspeksiya” Neft-gaz obyektlarida texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi

region
Yakubov Botir Shavkatovich
Elektr va issiqlik energiyasi sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Dushanba 16:00 dan 18:00 gacha
Telefon:
Email:

region
Jurayev Farruh Dadajonovich
Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Dushanba 16:00 dan 18:00 gacha
Telefon:
Email:

region
Pozilov Abdujabbor Qobilovich
Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va gazni iqtisod qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Telefon:
Email:

region
Sultanov Axrorxo‘ja Asrolxodjayevich
Elektr va issiqlik energiyasi sohasida qurilmalar ekspluatatsiyasini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi
Qabul:
Payshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Telefon:
Email:

region
Vakant
Elektron hukumat tizimini, axborot texnologiyalarni rivojlantirish va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi
Qabul:
Chorshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Email:

region
Ijro intizomini nazorat qilish va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
Qabul:
Har kuni 9:00 dan 18:00 gacha
Telefon:
Email:

Bo‘lim boshlig‘i:

- bo‘limning joriy faoliyatidagi vazifalarni amalga oshiradi;

- bo‘limga yuklatilgan vazifalarni samarali va unumli bajarilishini ta’minlaydi;

- inspeksiya va uning markaziy va hududiy bo‘limlarida ijro intizomini nazorat qilish va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishini amaldagi qonun talablari asosida tashkil etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.

Bo‘lim boshlig‘i o‘z zimmasidagi vazifalarini bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

- inspeksiya va uning boshqarmalar, bo‘lim va hududiy bo‘limlarida murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha monitoringini yuritadi;

- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

- murojaatlarning, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va inspeksiya boshlig‘ining virtual qabulxonasi, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, ishonch telefoni orqali kelib tushgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini qabul qilinishi, ro‘yxatga olinishi va ijrochilarga yetkazilishini hamda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, natijalari yuzasidan murojaat mualliflarining yozma yoki elektron tarzda xabardor qilinishini nazoratga oladi va yakuni yuzasidan “me-Ijro” elektron hujjat aylanish dasturida hujjatni nazoratdan chiqaradi;

- jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining inspeksiya rahbarlari tomonidan shaxsiy qabulini tashkil etishda, bu borada inspeksiya boshlig‘i, uning o‘rinbosari va hududiy bo‘limlar bosh texnologlari qabulxonalarida, shuningdek ijroiya apparat boshqarma va bo‘limlarida to‘g‘ri tashkil etilishida ko‘maklashadi;

- inspeksiya boshqarma va bo‘limlari xodimlarining murojaatlar bilan ishlash va xalq bilan muloqot qilish madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi;

- inspeksiya va uning hududiy bo‘limlaridagi korxonalarda murojaatlar bilan ishlash masalalarida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazadi yoki ularning o‘tkazilishini tashkil etadi;

- murojaatlar bilan ishlash yuzasidan aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida rahbariyatga ma’lumotlar kiritadi;

- inspeksiya tizimida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning ahvolini nazorat qilish, zarur ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan inspeksiya boshlig‘iga va boshliq o‘rinbosariga (yozma) takliflar kiritadi;

- bo‘limga yuklangan vazifalarni zarur darajada va samarali bajarilishini tashkil etadi;

- inspeksiya apparatining mas’ul ijrochilariga murojaatlar bilan ishlashni tartibga soluvchi hujjatlar talablari asosida lozim darajada va muddatida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha talablar bildiradi;

- inspeksiga kelib tushgan murojaatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini, ularni bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligiga va boshqa idoralar talablariga muvofiq o‘z vaqtida ma’lumotlarni tayyorlanishini ta’minlaydi;

- inspeksiyaning hay’at yig‘ilishlariga jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar hamda yig‘ilish bayonlari loyihalarini tayyorlash, rasmiylashtirish va ijrosining ta’minlanishi ustidan tashkiliy ishlar olib boradi;

- murojaatlar bilan ishlashni belgilangan muddatlarda bajarmagan boshqarma, bo‘lim va mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rish yuzasidan boshliqga va boshliq o‘rinbosariga ma’lumotnoma kiritadi;

- Elektron hukumat tizimini, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni yaratishni izchil davom ettirib, bunga zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, mavjud dasturiy ta’minotni takomillashtirish choralarini ko‘radi, xodimlarning elektron dasturlarda ishlashga o‘rganishini va ular tomonidan elektron bazalarga ma’lumotlarning muntazam kiritib borilishini nazorat qiladi; 

- bo‘limda mehnat, ishlab chiqarish va yong‘in xavfsizligi qonun qoidalariga amal qiladi.

Bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyat yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

region
Moliya va iqtisod bo‘limi
Qabul:
Juma 16:00 dan 18:00 gacha
Email:

Buxgalteriya boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish ishlarini tashkillashtirish.

Boʻlimga yuklatilgan vazifalarni, oʻzining va boʻlim xodimlarini lavozim yoʻriqnomasida yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida sifatli bajarilishini tashkil etish va ijrosini nazoratga olish.

“Oʻznenergoinspeksiya” rejasiga koʻra yilning oxirida kelgusi yil uchun smeta harajatlarini aniqlash, tuzish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishish.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan smeta harajatlari rejasiga asosan Davlat byudjeti mablagʻlarini oʻz vaqtida hisob raqamiga tushishini nazorat qilish va pul mablagʻlari sarflanishini smeta harajatlari boʻyicha bajarilishini taʼminlash.

“Oʻznenergoinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga kelib tushadigan mablagʻlarni, rahbariyat bilan kelishilgan “Nizom” asosida tasdiqlangan smeta harajatlari boʻyicha bajarilishini taʼminlash.

“Oʻznenergoinspeksiya”ning shtat jadvali va tegishli tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan ijara va boshqa shartnomalarni tuzish, pul toʻlovlarini amalga oshirilishini tashkillashtirish va ijrosini nazoratga olish.

Inspeksiyaning markaziy va hududiy boʻlimlaridagi tovar moddiy boyliklari hisobini yuritish va yilda bir marotaba yoʻqlama oʻtkazilishini tashkil etish va ijrosini nazoratga olish. Inspeksiya boʻlimlaridagi ishga yaroqsiz holga kelgan tovar moddiy boyliklarini hisobdan chiqarish masalalari yuzasidan “Oʻzneftgazinspeksiya” rahbariyatga takliflar kiritish.

Inspeksiya xodimlariga beriladigan oylik maosh, mukofot pullarini hisob-kitobini oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil etish va ijrosini nazorat qilish hamda belgilangan kunlarda oylik ish haqlari bilan taʼminlashni tashkil etish.

Soliqlar va badallarni oʻz vaqtida toʻlanishini tashkillashtirish, ijrosini nazorat qilish, hisobotlarni oʻz vaqtida tuzilishi va tegishli idoralarga belgilangan muddatlarda taqdim etishni tashkil etish, shuningdek nazoratga olish.

Inspeksiya tomonidan topshirilgan boshqa vazifalarni bajarish.

region
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i
Qabul:
Payshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Email:

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i quyidagilarni amalga oshiradi:

- Bo‘limga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshirish hamda mazkur yo‘riqnomaga muvofiq bo‘limga yuklangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari hamda Energetika vazirligining topshiriqlarini muddatidan oldin, yuqori sifat bilan bajarishi, “O‘zneftgazinspeksiya” rahbar va xodimlarining kadrlar tarkibiga tegishli masalalarga oid buyruqlari, majlis qarorlarini, tasarrufidagi hududiy bo‘limlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;

- Inspeksiyaning barcha xodimlari bilan ishlash, ularning malaka va kasb darajasini oshirish, shuningdek, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlash va ularni ko‘rib chiqish uchun ishchi guruhga (rahbariyatga) kiritish;

- Respublika tasarrufidagi tashkilot va muassasalar bilan birgalikda inspeksiya nomenklaturasidagi lavozimlarga nomzodlarni tanlash va ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga tavsiya etish hamda kadrlar zahirasini shakllantirish;

- Zahiraga olingan kadrlarni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimga tayyorlab borishni tashkil etish;

- Xodimlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

- Xodimlar ustidan nazoratlar o‘tkazish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;

- Inspeksiyaning barcha xodimlarini xizmat - faoliyati to‘g‘risida rahbariyatga axborot va takliflar kiritish;

- Sohadagi kadrlar tarkibiga oid hisobotlarni to‘plash, tahlil qilish, vazirlik rahbariyati va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilishni tashkil etish;

- Inspeksiya tizimidagi ishchi-xodimlarni davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish;

- Kadrlar bo‘limi ish rejasini tasdiqlash, ularda belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;

- Jismoniy shaxslarning ishga joylashishi, kadrlar sifati va ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruhga (rahbariyatga), zarur hollarda vazirlik hay’atida muhokama qilish uchun taklif kiritish;

- Bo‘limga kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsan qabul qilish, sayyor qabullar tashkil etish;

- Inspeksiyadagi ishlab chiqarish va hay’at majlislarida qatnashish;

- Vakolati doirasida Inspeksiyaning barcha xodimlarining lavozim vazifalariga zaruriyatga qarab, rahbariyat bilan kelishgan holda (xodimning roziligini olib) tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i quyidagilarni bajarishi shart:

- Ichki mehnat tartibi qoidalarining, odob-axloq qoidalarining, jamoa va mehnat shartnomalarning talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qilish;

- “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘ining topshiriqlarini, buyruq va farmoyishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlash;

- bajarilgan ishlar to‘g‘risida “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i oldida hisobot beradi.

2020 yil 03 yanvardan:

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “O‘zneftgazinspeksiya” Kadrlar bo‘limi boshlig‘i

Tug‘ilgan yili: 14.10.1991

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri

Millati: o‘zbek

Partiyaviyligi: yo‘q

Ma’lumoti: oliy

Tamomlagan: 2014 y. Toshkent davlat texnika universiteti (kunduzgi)

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Neft-gaz quvurlari, omborlari va neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish

Ilmiy darajasi: yo‘q

Ilmiy unvoni: yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi: rus, ingliz tillari

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo‘q

Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim): yo‘q

MЕHNAT FAOLIYATI

2010-2014 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi (bakalavr)

2015-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasining EHM operatori

2016-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasining kompyuter texnigi

2016-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasining laborant-namuna oluvchisi

2016-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy bo‘limi 2-toifali muhandis-texnologi

2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” Rahbariyat qoshidagi apparat ishlarni boshqarish muhandisi

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i yordamchisi

2019-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘i yordamchisi

2019-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “O‘zneftgazinspeksiya” Kadrlar bo‘limi va maxsus qism boshlig‘i

2020 y. -  x.v - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - “O‘zneftgazinspeksiya” Kadrlar bo‘limi boshlig‘i

region
11111
Vakant
Qabul:
Telefon:
Email: