Yangiliklar
Shvetsariyaning SGS kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
07.09.2024 1

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i I.Nimatullayev, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov Shvetsariyaning SGS kompaniyasi Kaspiy regional direktori Azer Mammadov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i I.Nimatullayev, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov Shvetsariyaning SGS kompaniyasi Kaspiy regional direktori Azer Mammadov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda SGS kompaniyasi CЕ markirovka, mahsulotlarning xalqaro va yevropa talablari (EN, ISO, ASME, ASTM, IEC)ga muvofiqligini baholash, sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish, malakali kadrlar tayyorlash, sinov laboratoriyalarini ochish sohasida tajriba almashishda hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi.

 

/storage/photos/shares/photo_2024-09-06_22-34-34.jpg

SGS kompaniyasi O‘zbekistonda neft-gaz, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik tarmoqlarida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar sinovi va sertifikatlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishini ma’lum qildi.

Ushbu xorijiy kompaniya vakillariga O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalarining texnik bazasi yaqindan tanishtirildi. Yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va me’yoriy talablarga mosligi SGS kompaniyasi  vakillari tomonidan e’tirof etildi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va SGS kompaniyasi o‘rtasida  muvofiqlikni baholash sohasida istiqbolli anglashuv memorandumi imzolash, ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishildi.

/storage/photos/shares/photo_2024-09-06_22-34-27.jpg

 

Ma’lumot uchun: “SGS” – neft va gaz, energetika, avtomobil sanoati, qurulish, elektronika, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, xavfsizligini ta’minlash va standartlashtirish sohasida jahon lideri bo‘lib kelmoqda. Kompaniyaning 100 dan ortiq mamlakatlarda 2600 ta ofislari, laboratoriyalari va sertifikatsiya markazlari mavjud.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun