Yangiliklar
O‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulanib, 137 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
23.05.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan "N.I.N." MChJga qarashli non mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda gaz tarmog‘iga ulanib olganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 137,5 mln soʻm (91,7 ming metr kub tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun