Yangiliklar
Germaniyaning Anhalt amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
19.09.2024 1

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i I.Nimatullayev va Germaniyaning Anhalt Amaliy Fanlar Universiteti prezidenti,  professor Eduard Siemens rahbarligida delegatsiya vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi. 

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i I.Nimatullayev va Germaniyaning Anhalt Amaliy Fanlar Universiteti prezidenti,  professor Eduard Siemens rahbarligida delegatsiya vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi. 

Uchrashuvda energetika sohasida xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va amaliy loyihalarda hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi. Bu esa O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi innovatsion yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalarning energetika sohasiga joriy etilishida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

 

/storage/photos/shares/206A5063.jpg

 

Shuningdek, tomonlar energetika sohasi rivojiga xizmat qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi. Ushbu hamkorlik nafaqat energetika sohasidagi zamonaviy amaliyotlarni joriy etish, balki ikki davlat mutaxassislari o‘rtasida chuqur tajriba almashinuvi orqali soha rivojiga ulkan hissa qo‘shadi.

Mazkur uchrashuv O‘zenergoinspeksiya va Anhalt universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu esa O‘zbekiston energetika sohasini yanada samarali rivojlantirish va xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan muhim qadamdir.

Tadbir yakunida O‘zenergoinspeksiya va Anhalt Amaliy Fanlar Universiteti o‘rtasida energetika sohasida zamonaviy amaliyotlarni joriy etish va soha xodimlari o‘rtasida malakasini oshirish borasida memorandum imzolandi hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun