Yangiliklar
Namangan viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
27.05.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor T. I. o‘ziga qarashli ishlab chiqarish sexining 2 dona alyumin eritish qozonlarini to‘gridan-to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulab, qoidalarga zid ravishda tabiiy gazdan foydalanganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 244 mln soʻm (162,7 ming metr kub tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun