Yangiliklar
04.03.2024 | Yangiliklar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda  “Furqat” MFY hududida faoliyat yurituvchi “N.P.” oilaviy korxonasi rahbari I.E. umumiy ovqatlanish shoxobchasini va novvoyxonasida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘idan gaz hisoblagichdan tashqari tijorat maqsadida quvur tortib jami 897,5 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganligi aniqlangan.

02.03.2024 | Yangiliklar

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Uchko‘prik tumanida joylashgan “F.M.S.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

01.03.2024 | Yangiliklar

Joriy yilda “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan 23 mingdan ziyod berilgan ko‘rsatmalarga asosan 32 ming 658 kVar quvvatga ega bo‘lgan reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatilishi taʼminlandi. 

29.02.2024 | Yangiliklar

Mazkur oʻquv kursining tashkil etishdan maqsad inspeksiya xodimlarini energetika sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish, tadbiq etilayotgan istiqbolli dasturlar bilan yaqindan tanishish hamda sohaga doir qonunchilikda kiritilayotgan yangi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish bilan bilim va malakasini oshirishdir.

28.02.2024 | Yangiliklar

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda qonun-qoidalarga rioya etilishi yuzadidan doimiy nazorat tabirlarida o‘tkazilib kelinmoqda. 

27.02.2024 | Yangiliklar

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida fuqaro A.Z. qonunga xilof ravishda “Mayning ferma” faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 10 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanganligi aniqlandi. 

27.02.2024 | Yangiliklar

Joriy yilning 24-26-fevral kunlari Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Respublika ishchi guruhlari tomonidan Toshkent shahrida tezkor nazorat tadbirlari o’tkazildi.

26.02.2024 | Yangiliklar

Ayni vaqtda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda barcha hududlarda isteʼmolchilarning elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanishlarini taʼminlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

25.02.2024 | Yangiliklar

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida joylashgan “M.” fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli binoda yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

24.02.2024 | Yangiliklar

Ushbu resurslarga talab ortgan paytda ham ulardan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar taʼminoti barqarorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.

23.02.2024 | Yangiliklar

Joriy yilning 23-fevral kuni Karmana tumanida Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi raisi Jahongir Karimov raisligida “O‘zenergoinspeksiya” Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan sayyor sudda Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalarda belgilangan javobgarliklar yuzasidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar ko‘rib chiqildi. Unda tegishli tashkilotlar mas’ullari  va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

23.02.2024 | Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevralda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun