Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda qonun-qoidalarga rioya etilishi yuzadidan doimiy nazorat tabirlarida o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning shu vaqtiga qadar iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 1 ming 382 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.
Xususan, o‘tkazilgan nazorat tabirlarida aniqlangan holatlarning 756 tasi elektr energiyasi, 626 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.