Yangiliklar
Hurmatli fermer va dehqonlar, faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
22.07.2024 1

Ayni kunlarda dala ekin maydonlarini sug‘orish ishlari olib borilmoqda. Albatta, bunda fermer xo‘jaliklari suv nasoslaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortgan. Ushbu vaziyatda ayrim fermer xo‘jaliklari energiya resurslaridan foydalanishda qoidalarni buzgan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda. 

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida fermer xo‘jaliklari tomonidan suv nasoslaridan foydalanishda 675 ta holatda 54,1 mlrd so‘mlik (361,2 mln kVt-soat)  elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Masalan, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Yoki, Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Hurmatli fermer xo‘jaliklari!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun