Yangiliklar
Jizzax shahrida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexi aniqlandi
19.07.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahridagi “B.D.” MCHJ rahbari R.K. jamiyatga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexidagi gaz qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 
1 mlrd  354 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari  qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hurmatli Iste’molchilar!
Energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun