Yangiliklar
Energetika korxonalariga qarashli transformator punktlarini o‘rganish davomida 6 ming 296 ta kamchilik aniqlandi
22.07.2024 1

Energetika korxonalariga qarashli transformator punktlari amaldagi  texnika qoidalari talablariga rioya qilgan holda ishlarni to‘g‘ri tashkil qilinishi yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan ushbu obyektlarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning shu vaqtiga qadar 1 ming 478 ta transformatorning holati o‘rganish davomida 6 ming 296 ta kamchilik aniqlandi. Ushbu aniqlangan kamchiliklarning 1 ming 36 tasida saqlagichlari mavjud emasligi, 922 tasida esa taqsimlash shitlar eshiklari shikastlanganligi va profilaktika sinovlaridan o‘tkazilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida 336 ta transformatorda moy sathi me’yordan kam bo‘lsa, 508 tasida esa moy sizib chiqish holati aniqlandi. Shuningdek, transformator punktlarining 409 tasida chaqmoqdan saqlanish holatlari talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun