Yangiliklar
Fargʻona viloyatida xavfsizlik choralari koʻrilmagan AGTKSh gaz taʼminotidan ajratildi
02.03.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Uchko‘prik tumanida joylashgan “F.M.S.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Xususan, oʻrganish jarayonida AGTKShlar faoliyatida aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi hamda mazkur AGTKShlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz taʼminotidan ajratildi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun