Yangiliklar
Toshkent shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda
29.11.2023 1

Joriy yilning 28-noyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan Toshkent shahrida tezkor nazorat tadbirlari o’tkazilmoqda.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tabirlarida jami 84 ta isteʼmolchi elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi o‘rganilib, shundan 4 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste'molchilar tarmoqdan ajratildi. 

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya”Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun