Yangiliklar
Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta AGTKSH 34 mlrd 640 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi
03.12.2023 1

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Joriy yil 1-dekabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan “T.V.G.” MCHJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “O.E.G.” MCHJ va “P.O.” MCHJlarga qarashli AGTKSHlar tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o‘zgartirilganiligi maʼlum bo‘ldi. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur 3 ta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 mlrd 640 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

“Oʻzenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun