Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashadi
05.01.2024 1

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu bois, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashish, bu kabi holatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida maxsus tizim tashkil etildi.

Xususan, inspeksiya markaziy apparati va barcha hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans-nazorat bo‘limlari tashkil etildi. Ular tomonidan respublika bo‘ylab xodimlarning yo‘nalishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va tekshirish bilan bog‘liq barcha xatti-harakatlari muntazam nazorat hamda monitoring qilib boriladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼullari bilan hamkorlikda barcha faoliyat jarayoni tanqidiy tahlildan o‘tkazilib, nazorat qilib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad – respublika isteʼmolchilariga yetkazib berilayotgan yoqilg‘i-energiya resurslarining sifatliligi hamda barqarorligini taʼminlashdan iborat. Ammo, mazkur jarayonda isteʼmolchilar va inspeksiya xodimlari o‘rtasida qandaydir g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning kuzatilishi taʼminot barqarorligiga taʼsir o‘tkazmasdan qolmaydi.

❕Shu maqsadda hurmatli fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan “O‘zenergoinspeksiya” tizimida korrupsion holatlar kuzatilganda yoki shubha tug‘diruvchi, noqonuniy holatlar sezilganda, Inspeksiyaning ishonch telefoniga (71 200-02-86) hamda telegram botga (@energoInspeksiya_bot) murojaat qilishlarini so‘raymiz.

✅ Energiya resurslari – barchamizniki. Shunday ekan, ulardan oqilona va qonuniy tarzda foydalanish ham barchamizning vazifamizdir.

Calendar of events

Calendar of events

    < 04 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun