Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari uchun oʻquv kursi tashkil etildi
04.12.2023 1

Mazkur oʻquv kursi inspeksiya xodimlarining malaka va tajribalarini oshirish, sohaga yangi islohotlarni tatbiq etish maqsadida oʻtkazilmoqda.

Oʻquv amaliyotining birinchi kunida bugun energetika sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar, energiya resurslarning talon-toroj qilinishini oldini olish hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashda inspeksiyaning oʻrni hamda vazifalari haqida energetika vaziri J.Mirzamahmudov va Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov ishtirokida ochiq suhbat boʻlib oʻtdi.

Besh kun davom etadigan mazkur oʻquv kursida tinglovchilar mamlakatimiz energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida roʻyobga chiqarilishi moʻljallanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli dasturlari bilan yaqindan tanishadilar.

“Oʻzenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun