Yangiliklar
Isteʼmolchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 4 ming 419 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi
05.06.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha joriy yilning shu vaqtiga qadar jami 4 ming 419 ta obyektning (quvvati 829 MW) elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. 

Unga ko‘ra, 2 ming 774 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi. 

Shuningdek, energetika obyektlariga tegishli 406 ta obyektning (quvvati 67,7 MW) elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 253 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Shuni yodda tutingki, texnik shartlarsiz elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi (https://t.me/Energoinspeksiya/3244).

Texnik shartlar talablarining bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun