Yangiliklar
Farg‘ona viloyatida metan “zapravka” 1 mlrd soʻmdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
21.05.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan "SNG.G.S." MChJga qarashli AGTKSh tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Xususan, o‘rganish davomida ushbu avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagichiga tashqi taʼsir ko‘rsatilganligi maʼlum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 1 mlrd 136 mln so‘mni tashkil etgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun