Yangiliklar
Elektr energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha profilaktik tadbirlar
20.11.2023 1

O‘tkazilgan nazorat tabirlarida jami 367 ta isteʼmolchi elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi o‘rganilib, shundan 39 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. 

“O‘zenergoinspeksiya”, viloyat departamenti  va Ichki ishlar vazirligi hamda elektr tarmoqlari xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishlarni oldini olish va isteʼmolchilar bilan elektr energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, o‘tkazilgan nazorat tabirlarida jami 367 ta isteʼmolchi elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi o‘rganilib, shundan 39 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. 

 Shu bilan birga viloyatdagi 110/10 kV “Koinot”, 110/35/10 kV “Urgut”, 110/35/10/6 kV “Afrosiyob” hamda 35/10 kV “Navro‘z” podstansiyalarda bir qator kamchilik va nosozliklar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan chora-tadbirlar sifatini oshirish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun