Yangiliklar
Buxoro tumanida 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
19.07.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda elektr ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Buxoro tumanida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 3,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari  qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda. 

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun