Yangiliklar
166 dona maishiy gaz ballon fuqarolar xonadonlarida noqonuniy tarzda saqlangan
28.11.2023 1

Namangan viloyatida gaz taʼminoti filialiga qarashli maishiy gaz ballonlari fuqarolar xonadonlarida noqonuniy tarzda saqlanayotganligi aniqlandi

Joriy yilning 27-noyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari va “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari bilan Namangan viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida maishiy gaz ballonlari noqonuniy tarzda, texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda fuqarolar xonadonlarida saqlanayotganligi aniqlandi.

Xususan, Chust tumani, Sebzor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.N. xonadonida gaz taʼminoti filialiga qarashli boʻlgan, aholi xonadoniga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 49 dona maishiy gaz balloni noqonuniy tarzda saqlanib, aholiga har birini 80 ming so‘mdan sotayotgani maʼlum boʻlgan.

Bu kabi holat ushbu tumanning Yangi Bog‘ishamol mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro F.M. xonadonida 45 dona, Sabzazor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro R.M. esa 75 dona maishiy gaz ballonini noqonuniy tarzda saqlab, suyuq gaz savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. 

Mazkur qoidabuzarliklar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora koʻrish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

“Oʻzenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun