Axborot xizmati bilan bog'lanish
Axborot xizmati bilan bog'lanish
27.02.2024

/storage/photos/shares/Norboboyev.jpg

NORBOBOYEV Navro‘z Berdiqobilovich,
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘ining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi –
matbuot kotibi


Telefon:
(71) 231-16-61 (7115),        (71) 233-04-47

Telegram: @nnorboboyev

Manzil: Toshkent shahri, “Istiqbol” ko‘chasi, 21-uy.

 

“O‘zenergoinspeksiya” Axborot xizmati vazifalari:

- “O‘zenergoinspeksiya” faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish.

- “O‘zenergoinspeksiya” ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;

- axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

- ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

- axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

- mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- “O‘zenergoinspeksiya” faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya” rahbariyatiga axborot berib borish;

- “O‘zenergoinspeksiya” vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;

- “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Calendar of events

Calendar of events

    < 03 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun