Rasmiy bayonotlar
Rasmiy munosabat: “metan zapravka”larda sotilayotgan tabiiy gazning 3 350 so‘mdan oshmasligi ta’minlanmoqda
01.04.2024 1

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “metan zapravka”larda gaz narxi 3 800 so‘mga ko‘tarilgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

Ushbu holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “metan zapravka”larda gaz narxi 3 800 so‘mga ko‘tarilgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

Ushbu holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu holat Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida kuzatilganligi aniqlangan.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu AGTKSH mas’ullariga tushuntirish ishlari o‘tkazildi va “metan” gazning 3 350 so‘mdan sotilishi ta’minlandi.

Bugun, shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida ikkita AGTKSHda shunday holat kuzatilgan bo‘lib, ular ham “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari tomonidan bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 173-sonli qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilangan. 

Shu o‘rinda AGTKSH mas’ullaridan ushbu qaror talablariga qat’iy rioya qilgan holda faoliyat yuritishlarini, aks holda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda noqonuniy faoliyatga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Hurmatli fuqarolar, agar AGTKSHlarda tabiiy gaz asossiz ravishda qimmat narxlarda sotilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi manzillarga murojaat qilishlaringizni so‘raymiz:

➖Bosh prokuraturaning telegram boti @EnergonazoratBot va ishonch telefoniga 71-232-10-07;

➖“O‘zenergoinspeksiya”ning telegram boti @energoInspeksiya_bot va ishonch telefoniga 71-200-02-86;

➖Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining ishonch telefoniga 71-207-47-00.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun