Yangiliklar
Yirik iste’molchilarda reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda
14.05.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va “Energy China Bukhara Solar Power” xorijiy korxonasi vakillari ishtirokida reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan o‘zaro muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Unda Inspeksiya mutaxassislari tomonidan reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Maʼlumot o‘rnida: “Energy China Bukhara Solar Power” xorijiy korxonasi tomonidan Buxoro viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh foto elektr stansiyasi qurilmoqda. Hozirgi kunda loyihaning birinchi bosqich ishlari yakunlangan bo‘lib, quyosh foto elektr stansiyasi 300 MVt quvvatda elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarda elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishi va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashi uchun reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalardan foydalanishi lozim. Yirik sanoat korxonalarida bu masala yana-da dolzarb sanaladi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun