Rasmiy bayonotlar
Munosabat: AYOQSHlarda sotilayotgan avtobenzin mahsulotlari “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻrganildi
26.11.2023 1

“Ishonch” gazetasi avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida sifatsiz benzin sotilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab murojaatlar paydo boʻlgani toʻgʻrisida maqola chop etdi. Undagi faktlarni oʻrgangan Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” quyidagilarni maʼlum qiladi.

“Oʻzenergoinspeksiya”ning Markaziy nazorat kimyo laboratoriyasi tomonidan “Intran Servis” va “Fatx Oyl” avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotilayotgan, “Rossiya Federatsiyasidan keltirilgan” deb aytilgan AI-80 markali avtobenzindan davlat standarti talablari asosida namunalar olindi.

Tahlil koʻrsatkichlari va yuk hujjatlarini oʻrganish natijasida ushbu mahsulot Rossiya Federatsiyasining “Orsknefteorgsintez” neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, respublikamizga “Avto Aid Oil” MCHJ tomonidan import qilingan AI-80 avtobenzin mahsuloti ekanligi hamda uning sifat ko‘rsatkichlari belgilangan standart talablariga mos ekanligi aniqlandi.

Shuni ham taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-apreldagi “Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4664-son qarorining 8-bandiga asosan, 2020-yil 1-maydan boshlab AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi (shu jumladan, “EKO” markali dizel yonilgʻisi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun