Rasmiy bayonotlar
Oktyabr oyida 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlandi
06.11.2023 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari boʻyicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsamalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.

Ma’lumot o‘rnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-apreldagi “Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4664-son qarorining 8-bandiga asosan, 2020-yil 1-maydan boshlab AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun