Gender-tenglik
“O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasida gender tengligi” mavzusida xalqaro seminar-trening o‘tkazildi
15.05.2024 1

Bugun, 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida “O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasida gender tengligi” mavzusida xalqaro seminar-trening o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Osiyo taraqqiyot banki mas’ullari, Qozog‘iston va Saudiya Arabistoni energetika kompaniyalari, O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan 50 nafardan ortiq faol xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Mazkur tadbir Osiyo taraqqiyot banki va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda erkaklar ustunlik qiladigan sektorlarda gender tengligini targ‘ib qilish va energetika sohasida ayollar o‘rnini oshirish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishildi. Ammo, ayollarning energetika sohasidagi ishtiroki boshqa sohalardagi ishtirokiga nisbatan past. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika sanoatida xotin-qizlar atigi 8,6 foizni tashkil qiladi.


Tadbirda ta’kidlanganidek, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida jami xodimlar soni 105 ming 971 nafardan iborat. Shundan 12 ming 238 nafari xotin-qizlar. Tizimda rahbarlik lavozimlarida 309 nafar ayol faoliyat yuritmoqda. Mutaxassis sifatida esa 2 ming 968 nafar xotin-qiz ishlaydi. 2 ming 827 nafar ayol oliy ma’lumotga ega.


Tadbir ishtirokchilariga ilg‘or tajriba va muvaffaqiyatli tashabbuslardan olingan saboqlar bilan bo‘lishish hamda ochiq muhokama, tajriba almashish uchun OTB ko‘magida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tafovutlarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilib, inklyuziv hamda xilma-xil energetika sektorini rivojlantirish maqsad qilingan.


Ushbu seminar OTBning O‘zbekistonning 2030-yilga qadar gender strategiyasini amalga oshirishga, energetika sohasida gender tengligini ta’minlovchi hamda siyosat o‘zgarishlari va inklyuziv qaror qabul qilinishini targ‘ib qiluvchi siyosat hamda me’yoriy hujjatlarni takomillashtirishga hissa qo‘shuvchi “Dekarbonizatsiya qilish uchun raqamlashtirish – elektr uzatish tarmoqlarini yaxshilash” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Seminarda, shuningdek, gender institutsional kompetensiyasini rivojlantirish va energetika kompaniyalarida gender markazlari salohiyatini oshirish kabi mavzularda fikr almashildi.


OTBning “Dekarbonizatsiya qilish uchun raqamlashtirish – elektr uzatish tarmoqlarini yaxshilash” loyihasining Gender harakatlar rejasi doirasida ularning kadrlar siyosati va amaliyotida ishga qabul qilish, saqlab qolish hamda martaba ko‘tarilishi va ayollarning iste’dodlar fondini rivojlantirish yo‘llarini kuchaytirish orqali gender bo‘shliqlarini bartaraf etish ko‘zda tutilgan.


Loyiha doirasida, shuningdek, energetika kompaniyalari hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida energetika sektori uchun bitiruvchi qizlarni tayyorlash masalalari, shu bilan birga, ularning ish joylarida sog‘lom muhit yaratish, xavfsizlik va inklyuzivlik muammolariga yechim izlanadi.


Tadbirda mutaxassislar bu borada amalga oshirilgan hamda qilinishi rejalashtirilayotgan ko‘plab dolzarb masalalar haqida fikr almashdilar.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun