Yangiliklar
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda
14.05.2024 1

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya”  va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya”  va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati, Gurlan tumantdagi “O.D.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari 2 ta suv nasosini tijorat maqsadida hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab, jami 233,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday holat Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida “Z.P.” fermer xo‘jaligining dala maydonidagi suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 143,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo’ldi.

Shu kabi, Samarqand viloyati, Jomboy tumanida esa “J.a.” oilaviy korxonasiga tegishli  ishlab chiqarish sexi binosidagi uskunalarni elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirincha ulab, jami 136,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun