OAV biz haqimizda
Bir kunda 94 ta isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
22.01.2024 1

Joriy yilning 22-yanvar kuni "O‘zenergoinspeksiya" ishchi guruhlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tabirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha 94 ta isteʼmolchi tomonidan qoidabuzarlikka yo'l qo'yilganligi aniqlandi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 33 ta ma'muriy ish rasmiylashtirildi.

Ishchi guruh tomonidan hududlarda 961 ta profilaktik tadbir o‘tkazildi hamda ta’minotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 202 ta obyekt o‘rganildi.

Reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘natish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarida tushintirish ishlari olib borilib, 349 ta iste’molchiga nisbatan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun