Yangiliklar
Yangibozor va Olmozor tumanlarida “mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlandi
19.04.2024 1

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangibozor tumani “Yangiyop” MFYdagi xonadonda yashovchi J.T. o‘z uyida 2 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 321 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmozor tumani bo‘limi tomonidan DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Namuna” MFYdagi xonadonda yashovchi O.Sh. o‘z uyida mayning qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 65,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o’tkazilmoqda. 

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun