Yangiliklar
Samarqand viloyatida 2 ta issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 1 mlrd soʻmdan ziyod zarar yetkazilganligi aniqlandi
28.04.2024 1

Xususan, Pastdarg‘om tumani, “Nayman” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro G‘.X. o‘ziga qarashli issiqxonaga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, jami 688,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, IIB, “O‘zenergoinspeksiya” va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Pastdarg‘om tumani, “Nayman” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro G‘.X. o‘ziga qarashli issiqxonaga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, jami 688,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Shu kabi holat “Qozoq-Nayman” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.Sh. o‘ziga tegishli issiqxonada qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘rnatib, 329,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun