Yangiliklar
Reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalarni o‘rnatish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlamagan 1 ming 46 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi
25.06.2024 1

Tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishi va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashi uchun reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalardan foydalanishi lozim. 

Tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishi va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashi uchun reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalardan foydalanishi lozim. 

Joriy yilning shu vaqtiga qadar “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan 455 ming 984 kVar quvvatga ega bo‘lgan 2 ming 134 ta reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalarni o‘rnatilishi taʼminlandi. Buning natijasida har oyda 4 mln 206 ming kVt⋅soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi. 

Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini bir me’yorda ishlash omili hisoblangan ushbu qurilmalardan foydalanishda ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. 

Xususan, reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘natish yuzasidan Inspeksiya tomonidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanmagan 1 ming 46 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qaroriga ko‘ra, iste’molchilar reaktiv quvvatni yetarli darajada kompensatsiya qilmaganligi natijasida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qotishlari uchun qayta hisob-kitoblar amaldagi tarifga nisbatan uch baravar miqdorda hisoblanadi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun