Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT: Afg‘onistondan qaytarilgan sifatsiz 120 ming litrga yaqin neft mahsuloti O‘zbekistonga tegishli emas
16.04.2024 1

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston 120 ming litrga yaqin neft mahsulotlarining sifati past bo‘lgani uchun O‘zbekistonga qaytarib yuborilganligi haqida xabarlar eʼlon qilindi.

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston 120 ming litrga yaqin neft mahsulotlarining sifati past bo‘lgani uchun O‘zbekistonga qaytarib yuborilganligi haqida xabarlar eʼlon qilindi.

Ushbu holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

Maʼlum bo‘lishicha, Afg‘oniston norma standarti tashkiloti ushbu mahsulot O‘zbekistonga tegishli emasligini, 2024-yil 20-yanvar kuni “Sariyog‘och-Chuqursoy” stansiyalari orqali O‘zbekistonga kirib, 2024-yil 7-fevral kuni Surxondaryo viloyati “Ayritom” stansiyasi orqali Afg‘onistonga o‘tganligini maʼlum qilgan.

Afg‘oniston tomonidan qaytarilgan ushbu neft mahsulotlari manziliga yetib borishi uchun o‘z navbatida O‘zbekiston orqali tranzit qilingan.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun