Yangiliklar
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda
02.05.2024 1

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Nurota tumanida “N.” fermer xo‘jaligiga tegishli suv nasoslari hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 129,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu kabi holat Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan “I.G.” oilaviy korxonasi rahbari O.R. “Jumabozor” MFY hududidagi avtotransport vositalarini yuvish xizmati binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 112,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun