Yangiliklar
Elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatish natijasida tizimga 545 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazish holati aniqlandi
01.05.2024 1

“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Y.S. ga qarashli gilam yuvish korxonasining elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir ko‘rsatilganligi maʼlum bo‘ldi. 

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 545 mln 617 ming so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun