Yangiliklar
Energoresurslarni talon-toroj qilish holatlarini oldini olish hamda mavsumga tayyorgarlik ishlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
11.11.2023 1

Yig‘ilishda joriy yilning 31-avgust kuni Davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, tizimda o‘g‘irlik va talon-torojliklarni oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida bir qator topshiriqlar berilganligi to‘g‘risida to‘xtalib, maxsus tayyorlangan videorolik  namoyish etildi. 

Mazkur yig‘ilish Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov tomonidan Andijon viloyat hokimi Sh.Abduraxmonov va “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i I.Nimatullayev bilan birga viloyat prokurori, IIB, FVV, MIB, Departament boshliqlari, tuman va shahar sektor rahbarlari hamda gaz va elektr taʼminot korxonalari mas’ullari ishtirokida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda joriy yilning 31-avgust kuni Davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, tizimda o‘g‘irlik va talon-torojliklarni oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida bir qator topshiriqlar berilganligi to‘g‘risida to‘xtalib, maxsus tayyorlangan videorolik  namoyish etildi. 

Yig‘ilish natijasiga ko‘ra, tabiiy gaz va elektr energiyasi hamda ko‘mir mahsulotini talon-toroj qilinishini oldini olish, ulgurji isteʼmolchilarga elektron hisoblagichlarni o‘rnatish, isteʼmolchilarga ko‘mir mahsulotini yetkazib berish, yetkazib berilgan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni undirish bo‘yicha kelgusida bajarlishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun