Yangiliklar
Energiya resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda
21.06.2024 1

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “CH.P.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari noturar obyektiga o‘rnatilgan elektr hisoblagichni almashtirib, jami 301,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. 
 
Bu kabi holat Samarqand viloyati Jomboy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.B.” va “M.Z.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari yer maydonlariga o‘rnatilgan suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 156,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh etildi. 

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O.Z.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari suv nasoslariga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi tasiir ko‘rsatib, jami 62 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun