Yangiliklar
Brifing: Joriy yilning birinchi choragida Inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar
17.04.2024 1

Joriy yilning birinchi choragida 2 ming 629 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi 

Joriy yilning birinchi choragida 2 ming 629 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi

Unga ko‘ra tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 333 mlrd 
800 mln so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Kripto aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha 63 ta holat aniqlanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilarga nisbatan elektr taʼminoti korxonasi tomonidan jami 83 mlrd 86 mln so‘m miqdori qayta hisob-kitob qilindi.

/storage/photos/shares/fe7eef0b2efb67640626edd5b79ca974.jpg

Isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 1 ming 832 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

 Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 562 ta AYOQSH va korxonadan 819 ta tahlillar olinib, shundan 44 ta holatda 1 mln 617 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

 Inspeksiya tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 2 ming 411 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 
1 ming 440 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi.

 Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalariga noqonuniy ravishda qurilgan 1 ming 530 ta obyektning hujjatlari sud organlariga taqdim etildi. Shundan 402 ta obyektga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

 Reaktiv energiyasini kompensatsiya qilinishi bo‘yicha quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarga 23 mingdan ziyod berilgan yozma ko‘rsatmalarga asosan 690 ta isteʼmolchida reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi taʼminlandi. Berilgan yozma ko‘rsatmalarni bajarmagan 152 ta isteʼmolchiga maʼmuriy bayonomalar tuzildi.

 Isteʼmolchilarga elektr energiyadan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha 39 ming 603 ta profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun