Inspeksiya
Inspeksiya faoliyati
04.01.2024 1

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni
nazorat qilish inspeksiyasi

 

O‘zenergoinspeksiyaning rasmiy nomi:

davlat tilida:

to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;

qisqartirilgan nomi – O‘zenergoinspeksiya;

rus tilida:

to‘liq nomi – Инспекция по контролю за использованием электрической энергии, нефтепродуктов и газа при Министерстве энергетики Республики Узбекистан;

qisqartirilgan nomi – Узэнергоинспекция;

ingliz tilida:

to‘liq nomi – The inspection for control in electric power industry, oil products and gas usage at the Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi – Uzenergyinspection.

 

O‘zenergoinspeksiyaning tashkiliy tuzilmasi:

markaziy apparat;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalar;

Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi.

Hududiy boshqarmalar va Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi o‘z faoliyatini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda O‘zenergoinspeksiya tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi va bevosita O‘zenergoinspeksiyaga bo‘ysunadi.

 

Quyidagilar O‘zenergoinspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish;

bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan yoqilg‘i-energiya resurslari hajmi o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash va bartaraf etish;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) energetika obyektlarida baxtsiz hodisalar va texnologik buzilishlar (avariyalar) oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va  bajarilishini nazorat qilish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini hamda energiya samarador va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, energiya resurslarini isteʼmol qilish samaradorligi monitoringini yuritish;

yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash bo‘yicha isteʼmolchilar (aholidan tashqari) tomonidan bajariladigan chora-tadbirlar samaradorligini baholash, shuningdek, mahsulot birligini ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) uchun yoqilg‘i-energiya resurslari isteʼmolining meʼyorlari taʼminlanishi va kelgusida takomillashtirilishini nazorat qilish.

 

O‘zenergoinspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

– bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan yoqilg‘i-energiya resurslari hajmi o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash va bartaraf etish sohasida:

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) energetika obyektlarida baxtsiz hodisalar va texnologik buzilishlar (avariyalar) oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va  bajarilishini nazorat qilish;

– qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini hamda energiya samarador va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, energiya resurslarini isteʼmol qilish samaradorligining monitoringini olib borish;

– yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash bo‘yicha isteʼmolchilar (aholidan tashqari) tomonidan bajariladigan chora-tadbirlar samaradorligini baholash, shuningdek, mahsulot birligini ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) uchun yoqilg‘i-energiya resurslari isteʼmolining meʼyorlari taʼminlanishi va kelgusida takomillashtirilishini nazorat qilish.

Calendar of events

Calendar of events

    < 04 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun