Rahbariyat
region
Nimatullayev Ilhom Anvarovich
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
Qabul:
Сhorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Telefon:
Email:

Quyidagilar O‘zenergoinspeksiya boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

– O‘zenergoinspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonunchilik hujjatlari bilan O‘zenergoinspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zenergoinspeksiya faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

– O‘zenergoinspeksiya va uning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy boshqarmalari faoliyatida tegishli prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishni taʼminlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

– O‘zenergoinspeksiya faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

– Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida O‘zenergoinspeksiya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining tashkil etilishi va monitoringi yuritilishining amaliy tizimini yo‘lga qo‘yish, O‘zenergoinspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy boshqarmalari hamda ularning rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;

– O‘zenergoinspeksiya xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish.

MEHNAT FAOLIYATI:

2013-2014 yy. - “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi ishlab chiqarish texnik xizmati muhandisi, 2-toifali muhandisi

2014-2016 yy. - “O‘zbekenergo” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi ishlab chiqarish texnik xizmati 1-toifali muhandisi

2016-2018 yy. - “O‘zbekenergo” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi ishlab chiqarish texnik xizmati boshlig‘i

2018-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish shuʼbasining yetakchi mutaxassisi

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti Yoqilg‘i-energetika kompleksini, atom va muqobil energetikani rivojlantirish shuʼbasining Energetika masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi

2019-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

2019-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i

2021-2021 yy. - “O‘zkimyosanoat” AJ Yig‘ma axborot-tahlil departamenti boshlig‘i

2021-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti Geologiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari shuʼbasining Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi

2022-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari

2023 y. -  x.v.  - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i

region
Eshqo‘ziyev Xurshidjon Musajonovich
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining elektr energetikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Qabul:
Сhorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

– O‘zenergoinspeksiyaning yig‘ilishi qarorlari, O‘zenergoinspeksiya boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

– O‘zenergoinspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

– O‘zenergoinspeksiya faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zenergoinspeksiya faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish;

– mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz taʼminlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlarga erishilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;

– mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;

– mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha O‘zenergoinspeksiya boshlig‘iga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarining yuqori darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

– O‘zenergoinspeksiyaga taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqish, puxta ekspertizadan o‘tkazish;

– mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, O‘zenergoinspeksiya majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

– mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbar va xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini taʼminlash.

1986-yil 28-oktabrda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan.

MEHNAT FAOLIYATI :

2008-2009 yy. - Beshariq tumani elektr taʼminoti korxonasi 1-bo‘lim elektr montyori

2009-2011 yy. - Toshkent Davlat Texnika universiteti             

2010-2010 yy. - Toshkent viloyati Qibray tumani “Elektrotexnika” kasb hunar kolleji bo‘lim ustasi      

2011-2012 yy. - “Farg‘ona elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati Rele himoya va hisob xizmati elektromontyori

2012-2013 yy. - “Farg‘ona elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati Rele himoya va hisob xizmati muhandisi

2013-2014 yy.- “Farg‘ona elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati Taqsimlash tarmoqlari xizmati muhandisi va yetakchi muhandisi

2014-2015 yy. - “Farg‘ona elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati Taqsimlash tarmoqlari xizmati boshlig‘i

2015-2016 yy. -  “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Farg‘ona hududiy bo‘limi inspektori

2016-2017 yy. - “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati Ekspluatatsiya va      texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2017-2017 yy. -  “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Farg‘ona hududiy bo‘limi yetakchi muhandisi

2017-2018 yy. - “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Farg‘ona hududiy bo‘limi bosh inspektori-boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi 

2018-2019 yy -  “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Farg‘ona hududiy bo‘limi bosh inspektori-boshlig‘i

2019-2023 yy  -  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Farg‘ona hududiy bo‘limi boshlig‘i

2023-2023 yy - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Elektr energetika obyektlari, isteʼmolchilarining  energiya samaradorligini va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini joriy etishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

2023-2023 yy-    O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Elektr va issiklik energiyasi isteʼmol qilinishi va ko‘mirdan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

2023 y - h.v  -    O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari.

region
Sobirov Behzod Boxodir o‘g‘li
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining neft va gaz masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Qabul:
Сhorshanba 14:00 dan 18:00 gacha
Email:

Quyidagilar O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

– O‘zenergoinspeksiyaning yig‘ilishi qarorlari, O‘zenergoinspeksiya boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

– O‘zenergoinspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

– O‘zenergoinspeksiya faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zenergoinspeksiya faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish;

– mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz taʼminlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlarga erishilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;

– mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;

– mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha O‘zenergoinspeksiya boshlig‘iga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarining yuqori darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

– O‘zenergoinspeksiyaga taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqish, puxta ekspertizadan o‘tkazish;

– mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, O‘zenergoinspeksiya majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

– mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbar va xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini taʼminlash.

1990-yil 31-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

MEHNAT FAOLIYATI:

2014-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi – “O‘zdavneftgazinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy bo‘limi 2-toifali muhandis texnologi

2016-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi – “O‘zdavneftgazinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy bo‘limi 1-toifali muhandis texnologi, yetakchi muhandis-texnologi

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi – “O‘zdavneftgazinspeksiya” Toshkent hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi

2019-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi – “O‘zneftgazinspeksiya” Toshkent hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi

2019-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi – “O‘zneftgazinspeksiya” Toshkent hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2023-2023 yy  - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi – “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i

2023-y. -  h.v..  - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari