Ko'p beriladigan savollar

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-qism 473-moddasida ISTEʼMOLCHIlarning quyidagi majburiyatlari belgilangan:

 energetika tarmoqlaridan foydalanilayotgan uskunalarning zarur texnikaviy holati va xavfsizligini taʼminlashi;

 elektr energiyasidan foydalanishning belgilangan tartibiga amal qilishi;

 avariyalar, yong‘inlar, elektr energiyani o‘lchash asboblaridagi nosozliklar va energiyadan foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar to‘g‘risida elektr energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga darhol xabar berishi lozim.

Qonunchilikka ko‘ra, markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti mavjud bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki ko‘mir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tabiiy gaz uchun kompensatsiya to‘lanishi belgilangan.

Ammo, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasnodir.

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini taʼmirlash va davlat qiyoslovidan o‘tkazish sarf-xarajatlari hisobga olish pribori mulkdori tomonidan qoplanadi.

Bunda hisobga olish pribori isteʼmolchi tomonidan sotib olinib o‘rnatilgan bo‘lsa, uning mulkdori isteʼmolchi bo‘ladi, aks holatda u gaz taʼminoti tashkilotiga tegishli bo‘ladi.

Tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

“Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari"ning 23-bandiga asosan:

Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarni elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Fuqarolarning yashash joyidan oilaviy korxona sifatida ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda, kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqini to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.

Kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz taʼminoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarini oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini taʼminlaydi.

Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazish uchun yechib olinganda gaz taʼminoti korxonasining mutaxassisi isteʼmolchini gaz tarmog‘iga gazni hisobga olish priborisiz ulashi yoki isteʼmolchining xohishiga ko‘ra uni vaqtincha tarmoqdan uzib qo‘yishi lozim.

Isteʼmolchining gaz tarmog‘iga ulanganligi yoki ulanmaganligi gazni hisobga olish priborining yechib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatiladi.

Maishiy qo‘llanish uchun suyuqlik va gaz hisoblagichlari, shuningdek barcha turdagi elektr energiyasi hisoblagichlari 48 oyda bir marta tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:

– ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘ini; 

– qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini; 

– yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini.

Isteʼmolchi suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilganda uning vaznini o‘lchashni talab qilishga haqli.

Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransportlarda nazorat tarozisi bo‘lishini taʼminlashga majbur.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.06.2014 y. dagi № 169-sonli karori bilan tasdiklangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalari”ning 34 va 35-bandlariga muvofik ishlayotgan gazdan foydalanish uskunalari har 3 yilda kamida bir marta rejim-sozlash ishlarini o‘tkazish kerak. Gazdan foydalanish uskunalarida rejim-sozlash ishlari quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

- gazdan foydalanish uskunasini mukammal yoki rejadan tashqari ta’mirlashdan keyin;

- gazdan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan konstruktiv o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin;

- gazdan foydalanish uskunasi rejim (texnologiya) haritalari talablaridan muntazam ravishda chekinilgan holda ishlaganda;

- foydalanilayotgan yoqilg‘ining turi va tavsiflari o‘zgarganda.

Shartli yoqilg‘ining pastki yonish issiqlik darajasi 7000 Kkal o‘zgarmas bo‘lib qabul qilingan. Tabiiy yoqilg‘ini shartli yoqilg‘iga aylantirishda (masalan tabiiy gaz) avvalambor tabiiy gazning pastki yonish issiqlik darajasini, shartli yoqilg‘ining pastki yonish issiqlik darajasi nisbatidagi o‘tkazish koeffitsiyentini hisoblash lozim. Agar tabiiy gazning pastki yonish issiqlik darajasi 8200 Kkal bo‘lsa, demak o‘tkazish koeffitsiyenti 8200:7000=1,17 ga teng bo‘ladi.

Keyingi o‘rinlarda tabiiy gazning hajmini o‘tkazish koeffitsiyentiga ko‘paytirib yoqilg‘ini shartli ko‘rinishda hosil qilamiz. U holda, agar tabiiy gaz hajmi o‘lchov birligi “kub metr” bo‘lsa, demak, shartli yoqilg‘ining o‘lchov birligi “kg.u.t.” ko‘rinishda bo‘ladi.

Gaz yo‘qotilishi sarfining diferrensiyalangan koeffitsiyentini gazning amaldagi texnologik yo‘qotishlarini hisoblashda ishlatish mumkin emas. Mazkur hisob, «Neftgaztadqiqot» tomonidan har yili ishlab chiqiladigan hujjat bo‘yicha amalga oshiriladi va fakat haqiqiy ishlab chiqarishning to‘xtash davomiyligi, texnologik asbob-uskunaning ishi, gazning amaldagi parametrlarini va boshqalarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ”Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash” yuzasidan litsenziyaga ega bo‘lgan korxona yoki muassasa tomonidan o‘qitilib, siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanuvchi avtotransport vositalarini haydash huquqini beruvchi guvohnoma beriladi. Darslar 8 soatlik dastur asosida olib boriladi va guvohnoma beriladi.