Ko'p beriladigan savollar

Avtomobillarga metan gazi to‘ldirishda havo harorati va gaz harorati asosiy omil hisoblanadi. Havo harorati issiq bo‘lganda tabiiyki to‘ldirilayotgan gazning harorati xam yuqori bo‘lib, gaz ballonlariga kamroq hajmda gaz ketadi. Kun sovishi bilan avtomobillarga quyilayotgan metan gazining harorati pasayib, gaz ballonlariga ko‘proq hajmda gaz ketadi. Hisob kitob qilish TU 51-166-83 (texnik shart) jadvalida ko‘rsatilgan. Misol uchun: 100 litrli 20 metr kublik gaz balloniga 200 atm. bosimda gaz quyishda havo harorati + 10 S dan + 15 S, gazning harorati 0+4 S bo‘lib gaz balloni ichida gaz qoldig‘i 0 atm. bosimda bo‘lsa, gaz balloniga 24,8 metr kub hajmda tabiiy gaz ketadi. Agarda gazning harorati +45 - +50 S bo‘lsa, gaz balloniga 20,6 metr kub hajmda gaz ketadi. Oradagi farq 4,2 metr kubni tashkil etadi. Shunday holat 100 litrli 20 metr kublik gaz balloniga 200 atm. bosimda gaz quyishda havo harorati + 10 S dan + 15 S, gazning xarorati 0+4 S bo‘lib gaz balloni ichida gaz qoldig‘i 2 atm. bosimda bo‘lsa, gaz balloniga 24,6 metr kub hajmda tabiiy gaz ketadi. Agarda gazning harorati +45 - +50 S bo‘lsa, gaz balloniga 20,4 metr kub hajmda gaz ketadi. Oradagi farq 4,2 metr kubni tashkil etadi. Ya’ni gaz harorati qanchalik issiq bo‘lsa ballonga kam hajmda va gaz qanchalik sovuq bo‘lsa ballonga ko‘p xajmda gaz ketadi. Davlat standarti GOST 27577-2000 bo‘yicha avtomobillarga to‘ldirilayotgan gazning harorati +60 S oshmasligi kerak.