“O‘zenergoinspeksiya” faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonun hujjatlari bilan Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dastur va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari hamda maslahatchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish; “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish hamda Inspeksiyaning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash.