Yangiliklar
Yakkasaroy tumanida 4 nafar fuqaro noqonuniy tarzda elektromobillarni quvvatlash qurilmalaridan foydalanib kelayotgani aniqlandi
02.12.2023 1

Mazkur iste’molchilar elektr tarmog‘idan ajratildi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

So‘ngi 2 kunda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahrining Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi elektromobillarni quvvatlash qurilmalarida texnik qoidalarga rioya qilinganligi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, Yakksaroy tumanida 4 ta iste’molchi o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, elektr hisoblagichsiz, ko‘p qavatli uyning bosh taqsimlash shitiga ulangan holda, “Elektr hisob” dasturiga kiritmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.  

Mazkur iste’molchilar elektr tarmog‘idan ajratildi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun