Yangiliklar
Toshkent viloyatidagi xonadonda mayning qurilmalarni yashirin yo‘l bilan elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy foydalanib kelish holati aniqlandi
22.02.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura hamda elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.R. o‘z xonadonining yerto‘lasida mayning qurilmalarni hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 
3 mlrd 2 mln soʻm miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun