Yangiliklar
Toshkent viloyatida elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalangan 17 ta noqonuniy mayner faoliyatiga chek qo‘yildi
30.04.2024 0

Davlat xavfsizlik xizmati, “O‘zenergoinspeksiya” va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorligida Toshkent viloyatida joriy yilning birinchi choragida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida kripto aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha 17 ta holat aniqlandi.

Unga ko‘ra mayning fermalar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi natijasida davlat manfaatlariga jami 16 mlrd 553 mln so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Misol uchun, Parkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro P.O. ga qarashli dala hovlida mayning qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanishi natijasida, davlat manfaatlariga 3 mlrd 476 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgan. 

Bu kabi holat Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. ga qarashli xonadonda ham hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shug‘ullanib, 1 mlrd 19 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosan tergov harakatlariga o‘tkazilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun